Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda yangi ish oʻrinlari yaratildi: Xadicha Sweets kafesi ochildi
  • Yangiliklar
  • 08:00 09.12.2024
  • 69
  • Ommaviy tadbirlar

Namangan shahrining Shodlik mahallasida yangi Xadicha Sweets kafesi va shirinliklar doʻkonining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Mazkur umumiy ovqatlanish joyi va shirinliklar doʻkoni mahalliy aholi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Yangi ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish markazi 30 nafardan ortiq kishini ish bilan taʼminladi.

Tashkilot rahbariyati kelgusida xizmat koʻrsatish turlarini kengaytirish va yangi loyihalar ustida ish olib borishni rejalashtirgan.

Yangi ochilgan kafe nafaqat ish oʻrinlari, balki mahalliy aholi uchun qulaylik va yuqori darajadagi xizmatni ham taqdim etadi.