14:00 07.12.2024Namangan viloyatidagi Turan xalqaro universitetida yoshlarning sport bilan shugʻullanishlari uchun yana bir qulaylik yaratildi.
Universitetda 2 milliard 800 million soʻm mablagʻ sarflanib, 40x28 oʻlchamdagi, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan, usti yopiq sport zali qurib bitkazildi.
Uning taqdimot marosimida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi.
Sport zali zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan boʻlib, talabalarning jismoniy sogʻlomligini mustahkamlash imkoniyati yaratilgan.
Viloyat hokimi Universitet faoliyati bilan tanishib, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Shu kuni Yashil makon loyihasi doirasida Universitet hududida daraxt koʻchatlari ekildi.
Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.