Sayt test rejimida ishlamoqda!
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yillik bayrami arafasida Namangan shahrida ham bir qator yangi obyektlar foydalanishga topshirilmoqda
  • Yangiliklar
  • 11:00 07.12.2024
  • 147
  • Ijtimoiy himoya

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar Inson ijtimoiy xizmatlar markazining yangi binolari taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov yangi bino aholini manzilli himoya qilish va ijtimoiy xizmat koʻrsatish jarayonlarini yanada samarali tashkil etishda muhim ekanligini taʼkidladi.  

Mazkur binoni taʼmirlash ishlariga 8,6 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. 

Endilikda shahar markazida joylashgan ushbu binoda fuqarolarga barcha qulayliklar yaratilgan boʻlib, ular sifatli ijtimoiy xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Namangan shahar hokimligi axborot xizmati.