10:15 05.12.2024Shahar xokimi Anvarjon Otaxodjayev hamda shahar prokurori Qobiljon Axmadjanovlar “A.Temur” koʻchasida joylashgan “Lion stone” MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy majmuasi bilan tanishdi.
Ushbu turar-joy majmuasi 3 ta 10 qavatli 120 xonadonga moʻljallangan boʻlib shahar markazida qad rostlamoqda.
Shuni taʼkidlash kerakki, bunyod etilayotgan 10 qavatli uylarni loyihalashtirishda qurilish va meʼmorchilik qonun-qoidalarining barcha jihatlari hisobga olingan. Eng muhimi, turar joy binolari zamonaviy Yevropa texnologiyasi asosida, energiya tejamkor ashyolardan qurilayapti. Bunday ashyolardan bunyod etilgan binolar jahon andozalariga toʻla-toʻkis javob beradi.
Shahar hokimi qurilish hamda atrofni obodonlashtirish ishlarini sifatli qilib tez fursatda yakunlash boʻyicha masʼullarga koʻrsatma berdi.