13:55 29.11.2024Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev va shahar prokurori Qobiljon Axmadjanov A.Navoiy koʻchasida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
Oʻrganishlar davomida ushbu hududda tadbirkorlar tomonidan noqonuniy ravishda tashkil etilgan qurilmalarni bartaraf etish, maʼmuriy binolar fasadini zamonaviy koʻrinishda qayta taʼmirlash masalalari muhokama qilindi.
Shahar hokimi koʻcha boʻyidagi yangi qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binolari va savdo markazlari qurilishini tezlashtirish boʻyicha masʼullarga aniq koʻrsatmalar berdi. Qurilish ishlarida zamonaviy meʼmorchilik talablariga rioya qilish va ekologik xavfsizlik tamoyillariga amal qilish muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, tadbirkorlarga binolarning tashqi koʻrinishiga alohida eʼtibor qaratish, ularning shahar estetikasiga moslashuvini taʼminlash boʻyicha tavsiyalar berildi.