14:45 29.11.2024Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev hududlarni oʻrganish doirasida “Ilgʻor” mahallasiga tashrif buyurib, mahalladagi faoliyat, infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi uchun qulayliklar yaratish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida hokim mahalla idorasining faoliyati, xususan, yettilik tizimining ishlash jarayonini oʻrganib chiqdi. Yettilik tizimi fuqarolar bilan yaqin muloqotni taʼminlash, ularning muammolarini tezkorlik bilan hal etish va mahallada ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Shahar hokimi “Ilgʻor” mahallasidagi yettilik uchun barcha zarur sharoitlar va qulayliklarga ega boʻlgan yangi bino qurish taklifini koʻrib chiqdi. Bunday bino mahalla faollarining samarali ishlashi va aholi bilan yanada yaqin aloqada boʻlishiga zamin boʻladi.