Sayt test rejimida ishlamoqda!
Oʻzbekistonda “Yashil makon” loyihasi doirasida umumxalq daraxt ekish tadbiri oʻtkazildi
  • Yangiliklar
  • 16:05 23.11.2024
  • 40
  • Yashil makon

Bugun, 23-noyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan “Yashil” belbogʻ barpo etish loyihasi doirasida keng qamrovli daraxt ekish tadbiri oʻtkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi – mamlakatimiz atrof-muhitini obodonlashtirish, ekologik holatni yaxshilash hamda hududlarda sogʻlom ekologik muhitni taʼminlashdir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri atrofidagi maxsus ajratilgan maydonlarda daraxt koʻchatlari ekish jarayonida shaxsan ishtirok etdi. 

Tadbir faqat poytaxt bilan cheklanib qolmadi. Oʻzbekistonning barcha viloyatlari, shu jumladan namanganliklar ham ushbu tadbir faol ishtirok etdi. Har bir hududda mahalliy hokimiyat vakillari, tashkilotlar xodimlari hamda fuqarolar koʻchat ekish jarayonlarida faol ishtirok etishdi.

Namanganda oʻtkazilgan tadbirlarda aholi katta qiziqish bilan qatnashib, yurtning goʻzalligi va farovonligi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshdi.

“Yashil makon” loyihasi doirasida mamlakat boʻylab bir kunda millionlab daraxt koʻchatlari ekildi. Mazkur loyiha Oʻzbekistonning barqaror taraqqiyoti va atrof-muhit muhofazasi yoʻlidagi yana bir muhim qadam hisoblanadi.