12:59 21.11.2024Xorijiy davlatlarda mehnat qilayotgan 50 nafardan ortiq yoshlar bilan onlayn videomuloqot tashkil etildi. Tadbirda Namangan shahar sektor rahbarlari, Yoshlar agentligi va Bandlik boʻlimi vakillari hamda boshqa masʼul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Muloqot davomida shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizga Oʻzbekiston Hukumati tomonidan yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Xususan, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatini boshlash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va turli imtiyozli kreditlarni olish uchun koʻzda tutilgan dasturlar haqida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mehnat migrantlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tushuntirib oʻtildi.
Muloqotda yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega boʻldilar.
Mazkur videomuloqot Namanganlik yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi amalga oshirilmoqda.