Sayt test rejimida ishlamoqda!
Fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
  • Yangiliklar
  • 12:00 24.09.2024
  • 26
  • Sayyor qabul

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev hamda Oʻzbekiston Prezidentining Namangan shahridagi Halq qabulxonasi mudiri Xasanboy Kasimov ishtirokida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul hamda ochiq muloqot oʻtkazdi. 

Shu kun qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar tomonidan asosan, kredit, moddiy yordam olish, uy-joy, yer munosabatlari, tibbiy xizmat, oliy taʼlim kontrakt toʻlovlari hamda ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq bildirilgan bir qancha masalalar ishchi guruh tomonidan diqqat bilan tinglanib, ijobiy yechimlar topildi.

Fuqarolar tomonidan sayyor qabul va ochiq muloqoti chogʻida koʻtarilgan masalalarning 30 dan ortigʻi joyida hal etildi. Bir nafar fuqaroga tikuv mashinasi taqdim etilib, vaqt va mablagʻ talab etadigan masalalar ijrosini taʼminlanishi shahar rahbarining nazoratiga olindi.