Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “Yashil makon” loyihasi doirasida daraxt ekish aksiyasiga boʻlib oʻtdi
  • Yangiliklar
  • 12:10 17.11.2024
  • 41
  • Yashil makon

Bugun erta tongdan Namangan shahrining Davlatobod tumanida joylashgan Yangi Oʻzbekiston bogʻida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi manzarali daraxt koʻchatlari ekish aksiyasi boʻlib oʻtdi.

Aksiya doirasi Namangan shahri tashkilot va boshqarmalari, nuroniy, yoshlar hamda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev ishtirok etib, 1 230 dona daraxt koʻchatlari ekildi.

Tadbir nafaqat ekologik ahamiyatga ega boʻlib, balki jamoatchilikning birdamligini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Yoshlar va nuroniylar bilan birgalikda amalga oshirilgan koʻkalamzorlashtirish ishlari kelajak avlod uchun qulay va yoqimli muhit yaratish yoʻlidagi yana bir qadam boʻldi.