Sayt test rejimida ishlamoqda!
Zulfiyaxonim izdoshlari!
  • Yangiliklar
  • 10:35 16.11.2024
  • 48
  • Yoshlar siyosati

"Zulfiya"nomidagi Davlat mukofoti milliy tanlovining Namangan shahar bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Namangan shahar hokimining oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Abdurahimova Dilorom  ochib berdi va jamiyatimiz hayotida xotin-qizlarning oʻrnini tobora mustahkamlanib borayotganini eʼtirof etgan holda, bunday nufuzli mukofotga nomzod boʻlgan ishtirokchilarni samimiy qutladi.

Shahrimizdagi umumtaʼlim maktablari va oliy oʻquv yurtlaridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq qizlar oʻz bilim, iqtidorlarini 7 ta yoʻnalish boʻyicha namoyish etdilar.

Oʻzining ibratli faoliyati, noyob isteʼdodi va erishgan yutuqlari bilan saralab olingan ishtirokchilarning chiqishlari bir guruh soha mutaxassislaridan iborat Zulfiya davlat mukofoti komissiyasi tomonidan munosib baholandi.

Saralanganlar tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanma oldilar.Sanʼat va adabiyot uygʻunligida tashkil etilgan tadbir  boʻlib oʻtdi.