16:57 15.11.2024Namangan Abu Ali ibn Sino jamoat salomatligi texnikumida Namangan shahar sektor rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvida 40 nafardan ortiq yigit-qizlar oʻzlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etishdi.
Muloqot davomida bildirilgan takliflar boʻyicha yoshlarni oʻz yoʻllarini topishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berish eng asosiy maqsad ekani alohida taʼkidlandi.
Bildirilgan taklif va tashabbuslar qoʻllab-quvvatlanishi, koʻtarilgan muammoli masalalar hal etilishi boʻyicha mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berildi.