Sayt test rejimida ishlamoqda!
Fuqarolar murojaatlarini tinglash maqsadida shahar hokimining navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi
  • Yangiliklar
  • 18:40 24.10.2024
  • 19
  • Sayyor qabul

Namangan shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev “Chaman” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash maqsadida sayyor qabul hamda ochiq muloqot oʻtkazdi.

Shu kun qabul davomida 40 dan ortiq fuqarolar tomonidan asosan, kredit, moddiy yordam olish, uy-joy, yer munosabatlari, tibbiy xizmat, oliy taʼlim kontrakt toʻlovlari hamda ish bilan taʼminlash bilan bogʻliq bildirilgan bir qancha masalalar shahar rahbari hamda ishchi guruh tomonidan diqqat bilan tinglanib, ijobiy yechimlar topildi.

Fuqarolar tomonidan sayyor qabul va ochiq muloqoti chogʻida koʻtarilgan masalalarning 20 dan ortigʻi joyida hal etilib, vaqt va mablagʻ talab etadigan masalalar ijrosini taʼminlanishi shahar rahbarining nazoratiga olindi.