09:45 25.10.2024Bugun Namangan shahar, Davlatobod hamda Yangi Namangan tumani yoshlar ishlari bo'limi bilan hamkorlikda Joriy yilning 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatligiga saylov jarayonlarida yoshlarning ishtiroki va rolini oshirish hamda ularni doimiy bandligini ta'minlash maqsadida “Yoshlar sayli” tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar erkin va farovon mamlakatimizning ertangi kuni uchun daxldor ekanliklaridan faxrlanishlarini izhor qildilar.
Festival davomida yoshlar "Saylov viktorinasi", “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Ustoz”, “UzChess” loyihalari taqdimoti, Osh musobaqasi kabi madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etdilar.
Muloqotda faol qatnashgan yoshlar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.