Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda “III-Xalqaro Asal Festivali” koʻtarinki kayfiyatda davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 18:47 01.11.2024
  • 37
  • Ommaviy tadbirlar

Xabar berganimizdek, bugun Davlatobod tumanidagi “Afsonalar vodiysi” tematik parkida “III-Xalqaro Asal Festivali” boshlandi. 

Taʼkidlash joiz, bu yilgi festivalda 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy asalarichilar oʻz mahsulotlarini taqdim etmoqda. Ular orasida mamlakatimizning turli viloyatlari va Qirgʻiz respublikasidan kelgan soha vakillari bor. 

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov pavilyonlarda boʻlib, mahalliy va xorijiy asalarichilar bilan suhbatlashdi. 

Eslatib oʻtamiz, Festival 3 kun davom etadi va unga 2,5 mingga yaqin xorijiy va 10 mingga yaqin mahalliy sayyohlar tashrifi kutilmoqda!

Maʼlumot uchun: 2024-yilda respublikada eksportga chiqarilgan asalari paketlarining 58,5 foizi Namangan viloyati hissasiga toʻgʻri keladi.

Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati