11:48 26.09.2024Uchrashuvlar davomida mahalladagi ijtimoiy muammolarni hal qilish, fuqarolarning oilaviy ahvoli bilan tanishish va ularga yordam koʻrsatish maqsad qilingan.
Sherzod Toʻxtabayev ijtimoiy reyestrda roʻyxatda turgan fuqarolarning holatini oʻrgandi va ularning hayotidagi muammolarni, oilaviy ahvoli bilan tanishib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini samarali hal qilish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Oʻrganishlar davomida mahallada oilalarni qambagʻallikdan chiqarish boʻyicha koʻrilayotgan choralar hamda fuqarolarga berilayotgan yordamlarni koʻrib chiqildi.
Shuningdek, mahalla ahli bilan suhbatlashib, ularni mavjud imkoniyatlardan foydalanishga, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga hamda ijtimoiy faoliyatni takomillashtirishga chaqirildi.
Shu orqali mahalla ahli ijtimoiy holatini yaxshilash, uy-joy sharoitini takomillashtirish va taʼlim, sogʻliqni saqlash sohasidagi muammolarni hal qilish maqsad qilingan.