18:05 06.12.2024Namangan shahrida aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish va ishsizlikka barham berish maqsadida muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonda ayniqsa, xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish va ularning oʻzini oʻzi band qilishiga qaratilgan loyihalar alohida oʻrin tutmoqda.
Shu munosabat bilan, Namangan shahrining mahallalardagi hokim yordamchilari tomonidan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan xatlov natijasida ayollar daftariga kiritilgan, kasb-hunar sertifikatiga ega boʻlgan 25 nafar xotin-qiz tanlab olindi. Ularga Aholini tadbirkorlikka jalb qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan subsidiya asosida zamonaviy tikuv mashinalari topshirildi.
Tashkil etilgan tadbirda shahar hokimi Anvarjon Otaxodjayev ishtirok etib, xotin-qizlarni yangi jihozlardan samarali foydalanishga, mahalladagi boshqa ishsiz ayollarga hunar oʻrgatishga va ularni kelajakdagi salohiyatli tadbirkorlarga aylantirishga chaqirdi.