Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda raqamli kasblar texnikumi ochildi
  • Yangiliklar
  • 14:55 05.12.2024
  • 78
  • Ommaviy tadbirlar

Xabaringiz bor, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Аbdurazzoqov boshchiligidagi delegatsiyamiz shu yil aprelь oyida xalqaro hamkorlikni  kengaytirish doirasida Rossiya Federatsiyasiga safari chogʼida Moskva shahrida "Sinergiya" universitetida ham boʼlgan edi.

Tashrif davomida Namangan viloyati rahbariyati va "Sinergiya" universiteti oʼrtasida Namangan shahrida yangi, raqamli kasblar texnikumini ochish boʼyicha kelishuvga erishildi.

Uning doirasida Toʼraqoʼrgʼon agrosanoat texnikumi va Rossiyaning «Sinergiya» raqamli kasb-hunar texnikumi oʼrtasida ikkita diplom dasturi asosida kelishuv imzolandi. 

Bugun ushbu harakatlar samarasi sifatida Namangan shahrida "Sinergiya" raqamli kasblar texnikumining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. 

Unda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Аbdurazzoqov qatnashib, oʼrta - maxsus taʼlim yoʼnalishidagi yangi loyihani hayotga tadbiq etilishi bilan barchani tabrikladi. Yoshlar zamonaviy АyTi kasblarini oʼrganishda bu imkoniyatlardan samarali fodalanishlari lozimligini taʼkidladi.

Shundan soʼng rasmziy lenta qirqilib, yigʼilganlar yangi texnikumdagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Jarayon bevosita ZOOM aloqasi orqali Moskvadagi Sinergiya Universitetiga ulandi. 

Taʼkidlash joiz, «Sinergiya» universiteti tomonidan Namangan shahridagi IT-School negizida bolalar uchun qoʼshimcha “Synergy Hub Junior” taʼlim markazi ham tashkil etilib, unda bolalarga ishbilarmonlik oʼyinlari va mahorat darslari (master-klass) orqali raqamli kasblar bilan tanishish imkoniyati yaratilmoqda.

Namangan viloyati hokimligi Аxborot xizmati.