Sayt test rejimida ishlamoqda!
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqarolar oilaviy ahvolini oʻrganish ishlari davom etmoqda
  • Yangiliklar
  • 12:05 23.09.2024
  • 32
  • Ijtimoiy himoya

Namangan shahrida ijtimoiy ahvolni yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar doirasida Axatxon Boyxanovning oilaviy sharoiti oʻrganildi. U 1-gruppa nogironi boʻlib, 1 nafar farzandi bor.

Oʻrganishlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari va ijtimoiy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi. Axatxon Boyxanovning xonadonida taʼmirlash ishlarini olib borish uchun Saxovat va koʻmak jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratilishi belgilandi. Bu ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga katta yordam beradi.

Bundan tashqari, oilaning boʻsh vaqtlarida qoʻshimcha daromad olishlari uchun qulay ish takliflari berildi. Bu, oʻz navbatida, oilaning moliyaviy holatini barqarorlashtirishga yordamlashadi.