Sayt test rejimida ishlamoqda!
Namanganda ijtimoiy soha obyektlari kuz-qish mavsumiga toʻliq shay holatga keltirildi
  • Yangiliklar
  • 15:59 15.11.2024
  • 30
  • Iqtisod va moliya

Bugun Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov Namangan shahridagi ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganish davomida “Maʼrifat” mahallasida joylashgan 38-sonli maktabda boʻldi.

Viloyat rahbari maktabning zamonaviy shart-sharoitlar bilan taʼminlanganligi, shuningdek, yosh avlodning bilim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdi.

Joriy yil boshida taʼlim muassasasida yangi 540 oʻrinli oʻquv binosi va 288 kvadrat metr maydonli sport zal qurilib, foydalanishga topshirilgan. Shu bilan birga, 490 oʻrinli qoʻshimcha oʻquv binolarini mukammal taʼmirlash ishlari ham amalga oshirildi. 

Hozirda maktabda 1 153 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda. Ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan, xususan, qishki mavsum uchun issiqlik tizimi doimiy barqaror holatda saqlanishi taʼminlangan. Viloyat hokimi taʼlim muassasasidagi issiqlik tizimi, barcha texnik jihozlar uzluksiz ishlashini taʼminlash zarurligini alohida taʼkidladi.